AGMKni yana Toshkent derbisi kutyapti. Bu safargisi ham noqulay, chunki...

  • 10 avgust, 2022, 07:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing navbatdagi turida jamoamiz Olmaliqda “Lokomotiv”ni mehmon qiladi.

Joriy mavsum hisobidan ushbu jamoalar 3-bor to‘qnash kelishmoqda. Chempionat bahsida “Lokomotiv” 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichida esa tomonlar durangga imzo chekishgandi. Bu gal esa jamoalar ikkinchi davra doirasidagi bahsda uchinchi bor kuch sinashishadi.

O‘yin bugun Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 19:00 da boshlanadi.

Uchrashuvni tajribali hakam Shavkat Nasibullaev boshqaradi. VAR hakami sifatida FIFA referesi Ilgiz Tantashev ishlaydi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixiga nazar tashlasak, jamoalar barcha musobaqadagi o‘tkazilgan jami 31 o‘yinda AGMK 7 g‘alabani tantana qilgan. “Lokomotiv” esa 18 bor yutuqqa erishgan va qolgan 6 o‘yin durang bilan tugagan.

Bo‘lajak bellshuvda jamoamiz birinchi davradagi mag‘lubiyat uchun revansh olishga va g‘alaba orqali muxlislarni xursand etishga harakat qiladi.

AGKM matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!