
Aguero: Messi uchun ham Amerika kubogida g‘olib chiqishga harakat qilamiz
Argentina terma jamoasi forvardi Serxio Aguero yana sanoqli kunlardan so‘ng boshlanadigan Amerika kubogida jamoa sardori Lionel Messi uchun g‘alaba qozonmoqchi ekanini aytdi.
“Biz Amerika kubogi haqida orzu qilyapmiz, chunki ushbu sovrinni juda uzoq vaqtdan buyon yuta olmayapmiz. Buni o‘zimizdan ham ko‘ra ko‘proq Messi uchun harakat qilamiz. Bu safar uddalashimizga ishonaman. Katta turnirlardagi muvaffaqiyatsizlik bu Messi uchun ham, qolaversa barchamiz uchun katta azob”, - deydi Aguero.
Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi 1993 yildan buyon Amerika kubogida g‘alaba qozona olmay kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “albasetlar” bu safargi turnirning guruh bosqichida Kolumbiya, Paragvay hamda Qatar terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
Fikrlar