
Aguero sobiq klubiga qaytishi mumkin
Xabaringiz bor, "Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero mavsum yakuniga etgach, "shaharliklar" bilan xayrlashishini ma’lum qilgandi. Ayni paytda argentinalik hujumchiga qiziqish bildirayotgan jamoalar soni ko‘payib bormoqda.
Shu jumladan, futbolchi o‘z professional faoliyatini boshlagan Argentinaning "Independiente" klubi sobiq hujumchisini ortga qaytarishga tayyor. Bu haqida Buyuk Britaniyaning "The Sun" nashri ma’lumot bermoqda.
32 yoshli futbolchi "Atletiko"da porlashidan avval, aynan ushbu klubda 3 mavsum harakat qilgan va evropalik skautlar nazariga tushgandi.
"Ko‘hna qit’a"da Kun Agueroga manzur bo‘ladigan taklif beruvchi klub topilmagan taqdirda, u Argentinaga qaytib ketishga qarshi emas. Avvalroq, uning "Barselona"ga o‘tishi xususidagi xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar