
Aguero: "Yamal — alohida iste’dod, ammo Messini taqqoslash to‘g‘ri emas"
Serxio Aguero Lamin Yamalning Lionel Messi bilan taqqoslanishiga munosabat bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Yamal 10-raqamni haqli qo‘lga kiritgan.
"Albatta, 10-raqam katta ramziy ahamiyatga ega. Bu raqam bizga Leoni, Ronaldinoni, Maradonani va boshqa buyuklarni eslatadi. Ammo Lamin bu raqamga munosib. U yoshiga nisbatan juda yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatmoqda — ham “Barselona”da, ham terma jamoa safida. Ayni paytgacha bosimni yaxshi engib kelmoqda" — dedi Aguero.
Messining merosini ortda qoldirish haqidagi savolga esa u shunday javob qaytardi:
"Bu kabi solishtirishlar kerak emas deb o‘ylayman. Leo o‘zining shaxsiy va jamoaviy yutuqlari bilan tarixda yagona. U "Barselona" uchun eng zo‘ri bo‘lib qoladi. Lamin esa o‘z yo‘lini bosib o‘tishi kerak. Hozircha u bunga a’lo darajada kirishgan" — deya ta’kidladi argentinalik sobiq hujumchi.
Fikrlar