
Ahmedov jamoasi bilan Karrasko va Gaytanning Xitoydagi debyutiga javobsiz 8ta gol "sovg‘a qildi" (video)
Avval xabar berganimizdek bugun Xitoy Superligasida 1-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib boradigan “Shanxay SIPG” klubi o‘z maydonida kuni kecha “Atletiko”dan Nikolas Gaytan va Yannik Ferreyra-Karraskolarni sotib olgan “Dalyan Yifang” jamoasini qabul qildi.
Mazkur o‘yinda shanxayliklar raqib darvozasi tomon javobsiz 8 ta to‘p kiritishdi. Hamyurtimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar