Kannavaro uslubi hali ko‘ringani yo‘q! O‘zbekistonning eng katta kamchiligi ko‘rinib qoldi
O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq hujumchisi Jafar Irismetov Metaratings.ru nashriga bergan intervyusida bosh murabbiy Fabio Kannavaro faoliyati haqida fikr bildirib, jamoaning yaqinlashayotgan jahon chempionatidagi imkoniyatlarini baholadi.
Irismetovning taʼkidlashicha, milliy jamoa ham, murabbiylar shtabi ham hali oʻzining eng yuqori choʻqqisiga yetgani yoʻq.
- Har doim oʻsish kerak, toʻxtab qolmaslik kerak. Koʻpchilik Kannavaro hoziroq yuqori darajaga chiqdi, endi shuning oʻzi yetarli, deb oʻylayapti. Lekin oldinda hali juda koʻp ish bor. Fabio ham shu yoʻnalishda mehnat qilyapti — O‘zbekiston chempionatida deyarli har bir oʻyinda uning yordamchilari tribunada oʻtirib, futbolchilarni kuzatyapti. Koʻrinib turibdiki, ish olib borilyapti, lekin hozircha maydonda “Kannavaro uslubi”ni aniq sezish qiyin.
Koʻp natijalarni futbolchilarning individual mahorati hisobiga qoʻlga kiritayapmiz. Oxirgi oʻyinlar shuni koʻrsatdiki, hozircha eng katta muammo — himoyada. Juda koʻp boʻshliqlar, xatolar boʻldi, oʻsha Kanada ham bir necha marta gol urish imkoniyatiga ega boʻldi. Lekin oʻylaymanki, jahon chempionatidagi birinchi oʻyinga qadar bu kamchiliklar ustida ishlanadi, himoyani tartibga solishadi va jamoa yaxshiroq oʻynaydi. Shuni kutyapmiz, shuni umid qilamiz, — deya taʼkidladi mutaxassis.

Fikrlar