"Ajdarlar" "Burgutlar"ni qanday ojiz qoldirdi?

  • 26 avgust, 2024, 04:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

“Burgutlar” bu turda Qarshida “Nasaf” bilan kuch sinashdi. Oldindan shuni aytish lozimki, mehmonlar ushbu bellashuvga bir qator yo‘qotishlar bilan etib keldi. Jumladan, Igor Litovka, Abdulvohid G‘ulomov, Islom Mamatkazin, Lyubisha Petsel kabi futbolchilar jarohat olganliklari bois jamoaga yordam bera olmayaptilar. Bosh murabbiy esa ixtiyoridagi bor o‘yinchilardan foydalanmoqda. Shu kuni “Andijon” tarkibida 19 yoshli darvozabon Maksim Sarraf debyut o‘yinini o‘tkazdi.

Tecno

“Nasaf”ga qarshi bahs avvaldan og‘ir o‘tishi ma’lum edi. Boisi, bu jamoa hozirda turnir jadvalida peshqadamlik qilib kelayotgandi. Lekin “Andijon” ham bu uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lib, o‘z rejasiga, o‘yin strategiyasiga ega edi. Biroq kutilmaganda bellashuvning 3-daqiqasida o‘tkazib yuborilgan tezkor gol jamoa rejalarini o‘zgartirib yubordi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida ikkala jamoa ustozlari ham aynan tezkor gol o‘yin sur’atini o‘zgartirib yuborganini alohida ta’kidlab o‘tdilar. O‘yinda ustunlikka erishgan maydon egalari bo‘lim o‘rtalarida ikkinchi golni ham kiritdilar.

Bunga javoban Xomyakov shogirdlari vaziyatni o‘zgartirish harakatida bo‘ldilar. Masalan, bir vaziyatda Damir Temirovning jarima zarbasidan tepgan kuchli zarbasini “Nasaf” posboni mahorat ko‘rsatib arang qaytarib yubordi. Ikkinchi bo‘limda ham jamoamizda imkoniyat bor edi. Tanaffusdan keyin o‘yinda burilish qilish uchun murabbiylar o‘zgarishlarga qo‘l urdilar. Hujumlarning birida Abdurahmon Komilovnnig jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasini Ne’matov qiyinchilik bilan qaytardi. Biroq qaytgan to‘pga birinchi etib kelgan Luka Zgurskiy juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi. U yaqin masofadan to‘pni shoshilgancha yuqoriga tepib yubordi. Balki gol bo‘lganida o‘yin sur’ati o‘zgargan bo‘lardi. “Nasaf” esa ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida hisobni yiriklashtirdi va o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Har doim mag‘lubiyatga uchrash og‘ir va alamli. Afsuski, bu safar ham “Andijon” mana shunday holatni boshidan kechirdi. Oldinda esa jamoani 30 avgust kuni O‘zbekiston Kubogi yarim final doirasida “Bobur arena”da “Surxon”ga qarshi juda muhim o‘yin kutmoqda. Endi bor e’tibor ushbu o‘yinga qaratiladi. Jamoa o‘z tarixida yangi sahifa ochish arafasida turibdi. 

“Nasaf” – “Andijon” – 3:0 (2:0).

25 avgust. Qarshi. “Markaziy” stadion. 6282 tomoshabin.

Hakamlar: Asker Najafaliev, Aleksandr Sidorov, Amir Galeev.

Zaxira hakami: Nikita Mustafin

VAR: Rustam Lutfullin

AVAR: Alisher Usmonov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Qudrat Madraimov

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Igor Golban, Sherzod Nasrullaev, Dilshod Komilov, Akmal Mozgovoy (Kuach Yuel 79), Javohir Sidiqov (Marko Stanoevich, 69), Zafarmurod Abdirahmatov (Doniyor Narzullaev, 79, Jambuli Jigauri (Sharof Muhitdinov, 69), Oybek Bozorov, Bobur Abdiholiqov, Zoran Marushich (Murod Rahmatov, 69).

“Andijon”: Maksim Sarraf, Vladimir Bubanya, Ildar Mamatkazin, Abdurahmon Komilov, Sardor Azimov (Shaxrom Samiev, 79), Levan Arveladze (Abinur Nurimbet, 63), Damir Temirov (Luka Zgurskiy, 46), Vagiz Galiulin (Ilhom Abdug‘aniev, 46), Muhammadkarim Toirov, Farhod Sohibjonov, Rustam Turdimurodov (Bektemir Abdumannonov, 63).

Gollar: Jambuli Jigauri, 3 – 1:0. Zoran Marushich, 22 – 2:0. Zoran Marushich, 68 – 3:0.

Ogohlantirishlar: Dilshod Komilov, 29. Bobur Abdiholiqov, 41. Sharof Muhitdinov, 90+4 – Abdurahmon Komilov, 43. Rustam Turdimurodov, 59.

Chetlatish: Bobur Abdiholiqov, 76.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Azik91
26/08/2024 18:32
Matnni xam yorvoribsilaa jamoang bn qushib ........nasafffffff chempioooooonnnnnn
&
Azik91
26/08/2024 09:04
Nasaf chempion
&
Azik91
26/08/2024 08:50
Ajdarlar qanday qilib butgutlani ojiz qoldirdi sarlavhanu qara xaxaxaxaxaxaxaxax
&
Azik91
26/08/2024 08:48
Ommaviy sayt bulsayu bir jamoaga muxlislik uyatmasmi annnnnjaaannnn JAMOAMIZ deb yozgansila