
Ajoyib natija! Abbos Fayzullaev terma jamoadagi debyut golini urdi
Ayni daqiqalarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi "CAFA Nation's Cup" turniri doirasida Tojikiston termasi bilan kuch sinashyapti. Bellashuvda vakillarimiz 4:1 hisobida g‘alaba qozonmoqda.
Ahamiyatlisi, 72-daqiqada gol urgan Abbosbek Fayzullaev milliy terma jamoadagi ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi. U dastlabki turda Ummonga qarshi debyutini o‘tkazgan edi.
Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz 20 iyun kuni musobaqa finalida Eron terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar