Aka-uka Diazlar talantlarimizni emirmoqdami?

  • 13 aprel, 2023, 13:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
TIGGO 2 PRO

9 aprel tongi o‘zbek boks muhlislari uchun muhim va unitilmas kun sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi. Nafaqat ikki kamarni yo‘qotdik, balki ikki iqtidorli bokschilarimizni qanchalik emirilib borayotganini guvohi bo‘ldik.

2016 yilgi boks bo‘yicha Olimpiada o‘yinlari g‘oliblari sifatida dunyoga boks maktabini ko‘rsatdik hamda tez orada Osiyo o‘yinlari va jahon chempionatida bu holatni tasodif emasligini isbotladik. Dunyo ommaviy axborot vositalari o‘zbeklar degan so‘zni aynan boks talqinida ko‘ra boshladi. Har bir vaznda eng kuchli deb tan olingan bokschilarimiz bizni, ya’ni xalqni katta hurmatini qozondi. Boshqa sport turlaridan mag‘lubiyatlarni yosh bokschilarimiz yopib ketdi. Isroil Madrimov, Hasanboy Do‘stmatov, Murodjon Ahmadaliev, Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliquziev… Bunday ro‘yxatni soatlab sanash mumkin. “Mir boksa” kompaniyasi Shahram G‘iyosovga qiziqish bildirgandan so‘ng ko‘plab bokschilarimiz uchun professional yo‘nalishga o‘tish uchun yo‘l ochildi va ular katta shovqin bilan Amerikaga kirib keldi.

Kuchli havaskor bazasiga ega  bokschilar sifatida dunyoning yirik promouterlari nazariga tushdi. 8 ta jangda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Ahmadalievdan tortib, 6 ta jangda o‘z vazninig eng yorqin jangchiga aylangan Madrimovgacha professional boks kelajagi sifatida tan olindi.

9 aprel tongida esa bizda katta savol tug‘ildi - “nega 3-4 yildan beri ularda hech qanday o‘sish yo‘q?”. Agar bu vaqt davomida bokschilar haqiqiy professional mahoratga ega bo‘lganda raqiblar ustidan g‘alaba qozonish, ya’ni janglarning oson ketishini kutish mumkin edi. Shu tongda jang olib borgan  Rafael Igbokve va Isroil Madrimov 2017 yil holati bo‘yicha jangga tushganda ham Madrimov huddi shu usulda g‘alaba qozonar edi deb tahmin qilsak bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘z vaznida majburiy davogar bo‘lib turgan Madrimov ikki karra “qo‘shsa” ham Charloni yutish ehtimoli juda kam.

Murodjon Ahmadalievda esa hech qanday motivatsiya ko‘rmadik. Jangda aniq zarbalar Murodjon tarafida edi, Murodjon yutgan edi kabi misollar endi o‘rinsiz. Murodjon yutqazdi! Murabbiylar ham holatni tez anglashi va oltinchi raunddan keyin emas, ikkinchi yoki uchinchi raundda jang qaysi tarafga ketayotganini ko‘rishi kerak edi.

Misol uchun, o‘sha kuni jang qilgan amerikalik Shakur Stivensonga e’tibor beraylik. 2016 yilgi Olimpiadadan keyin misli ko‘rilmagan o‘sishga erishdi. Huddi shishirilgan pufakdek har kuni oldingidan ko‘ra kuchliroq bo‘lib bormoqda. O‘zbek bokschilarida esa prof yo‘nalishda uslub jihatdan o‘sish bo‘lmayotgandek, go‘yo. O‘sha Isroil, o‘sha Murodjon va o‘sha Bektemir. Bu qatorga Hasanboy, Shahram va Iqboljonni ham qo‘shish mumkin.

Nega biz katta iqtidor sohiblarida o‘sish ko‘rmayabmiz? Balki gap ularning murabbiylari aka-uka Diazlarda qolgandir? Birgina misol tariqasida Bektemir Meliqo‘ziev va Gabriel Rosado o‘rtasidagi jangni yodga olamiz. Ko‘pchilik buni “laki panch” deyishi mumkin, ammo bu zarba Rosadoning afsonaviy boks murabbiyi Freddi Rouch tomonidan 3 raund ichida ishlab chiqilgan, murakkab "matematik tenglamaga" ega bo‘lgan Meliquzievni "echish formulasi" edi. Bunday misollarni ko‘p keltirish mumkin, lekin biz muammolarni hal qilish va yana o‘sishga ega bo‘lgan bokschilarni ko‘rishni hohlaymiz. Balki professional sifatida murabbiylarni o‘zgartirish vaqti kelgandir? To‘g‘ri, bu o‘zbek mentalitetiga ega bo‘lgan bokschilarimiz uchun qiyin ishdek ko‘riladi, lekin bu professional boks, Amerika va katta o‘yinlar markazi ekanligini unutmaslik kerak!

Ziyodulla Abdikarimov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Hatamov Jahongir
13/04/2023 16:21
Shu maqolani ruscha variantiniyam chiqaring muallif