Aka-uka Nurmagomedov MMAda mutlaq hukmronga aylanmoqchi
UFC jangchisi Umar Nurmagomedov MMAdagi maqsadi haqida gapirdi.
“Besh yildan so‘ng Usmon va men MMAdagi eng buyuk aka-ukalardan aylanamiz. Bizning maqsadimiz chempion bo‘lish va buni tarixga muhrlash!” — deya Umarning so‘zlarini keltirdi "Red Corner MMA".
Ma’lumot uchun, Umar ayni paytda 30 yosh. Uning professional rekordida 20 ta g‘alaba (to‘qqiztasi muddatdan avval) va 1 ta mag‘lubiyat mavjud.
Usmon esa 27 yosh. U hozirga qadar 21 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.
Fikrlar