Akademik eshkak eshuvchilarimiz Vetnamda Osiyo chempionatiga tayyorlanishmoqda

16-19 oktyabr kunlari Vetnamda akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Xayfon shahri mezbonlik qilayotgan musobaqada qit’amizning 18 mamlakatidan 232 nafar sportchi ishtirok etadi. O‘zbekiston Rowing&Canoe federatsiyasining ma’lumotiga ko‘ra, mazkur chempionatda terma jamoamizning 23 nafar a’zosi yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Hozirda sportchilarimiz Xayfon shahrida so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib borishyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!