“Aktobe” Nani bilan to‘xtash niyati yo‘q
Jurnalist Ivan Karvopning yozishicha, Qozogʻistonning "Aktobe" jamoasi braziliyalik hujumchi Xalkni oʻzi safiga qoʻshib olish fikridan hali qaytmagan. Biroq, 39 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash oson boʻlmayapti. Bunga sabab forvard yiliga 4 million yevro maosh olishni istayotgani.
Manba maʼlumotiga koʻra, agar klub rahbariyati Xalk bilan kelisha olmasa, ikkinchi variantni allaqachon oʻylab ham qoʻygan. Bu 34 yoshli yarim himoyachi Jerdan Shakiri. Shveytsariyalik futbolchi oldin "Bavariya", "Inter" va "Liverpul" jamoalari sharafini himoya qilgan. Ayni vaqtda u "Bazel" klubi safida harakat qilib kelmoqda.
Bundan tashqari "Aktobe" rahbariyati Xames Rodriges variantini ham koʻrib chiqmoqda. Avvalroq, Rodriges Meksikaning "Leon" klubi bilan shartnomani uzaytirmagani va jahon chempionati oldidan koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun yangi klub qidirayotgani maʼlum boʻlgandi.
Eslatib oʻtamiz, "Aktobe" yaqinda portugaliyalik sobiq futbolchi Luish Nani bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgandi.
Fikrlar