"Al-Ahli" - "Andijon" o‘yinidan keyin murabbiylar qanday fikr bildirishdi?
“Al-Ahli” - “Andijon” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab qismida “Burgutlar” bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi. Shundan so‘ng “Al-Ahli” ustozi Yunus Ali va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi - Mishel Vlap qatnashdilar.
- Afsuski, juda muhim bahsda mag‘lubiyatga urchadik. Bu o‘yindagi ijobiy natija guruhdan chiqish imkoniyatinimizni hosil qilardi. Albatta, o‘zimizdan ko‘ra kuchliroq jamoaga yutqazdik, deb o‘ylayman. Uchrashuvga uchta muhim komponentni belgilab olgandik. O‘yinni tashkil qilish, yuqori tartib-intizom va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq. Aynan shu omillarni vazifa qilib belgilagandik. Afsuski, biz faqat g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqni ko‘rsata oldik, xolos. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha esa biz raqib bilan raqobatlshaa olmadik. Obektiv yondashadigan bo‘lsak, yigitlarni jon-jahdi bilan harakat qilishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular maydonda nima qilish kerak bo‘lsa barchasini bajarishdi. Umumiy ma’noda, futbolchilarga e’tiroz yo‘q. “Al-Ahli”ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. “Andijon” esa o‘ylaymanki, g‘alabalarini keyingi mavsumda davom ettiradi.
- “Andijon” uchun joriy yilgi mavsum tugadi. Endi keyingi yil uchun rejalar qanday?
- Yuqori natijalarga erishish va o‘zbek futbolida o‘z o‘rnimizni yanada mustahkamlash uchun selektsiya ishlarini amalga oshirishimiz kerak. Bu borada kerakli ishlarni amalga oshiryapmiz. Darajasi yuqori bo‘lgan o‘yinchilar bilan shartnomalar tuzdik. Keyingi mavsumda “Andijon” sharafini himoya qilishadi. O‘ylaymanki, yangi keladigan futbolchilar va olib borayotgan ishlarimiz “Andijon”ni kuchli jamoa sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Bu orqali muxlislarimizni xursand qilamiz. Sabr qilsak, “Andijon” faxrlanadigan darajadagi jamoaga aylanadi.
-------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Yunus Ali: “Birinchi navbatda rahmat. Menimcha, bu juda ham qiyin o‘yin bo‘ldi. Kuchli raqibga qarshi o‘ynadik. Ular juda yaxshi o‘ynashdi. O‘yindan oldin bu jamoaga imkoniyatlar yaratib bermaslikni aytgandim. Bu qiyin edi, lekin o‘ylashimcha, o‘yinchilar juda ham yaxshi o‘ynashdi. O‘zimizni yaxshi ko‘rsatdik, ko‘plab imkoniyatlar yaratdik. O‘ylaymanki, bundan ham yaxshiroq natijalarga loyiqmiz. Asosiysi, biz yutdik va 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.
Mishel Vlap: “Menimcha, biz o‘yinni yaxshi tashkillashtirdik. To‘p bilan juda ham yaxshi harakat qildik. Tabiiyki, bizni bitta maqsadimiz bor edi - bu ham bo‘lsa o‘yinda yutish. Shuningdek, yaxshi o‘ynash ham va bunga hamma tayyor edi. Uchrashuvda ikkita gol kiritdim, hattoki, 3 ta bo‘lishi mumkin edi. Ba’zida imkoniyatni boy berasiz ekan. Biroz charchagandim. Bu ajoyib bo‘ldi: 2 ta gol urdim va 3 ochkoga ega bo‘ldik, xursandman”
Fikrlar
бу арманни бизга факат зарари тегади.
узбек футболини шарманда килгалардан бири шуде