"Al-Hilol" Messining Saudiyaga kelishiga shubha qilmayapti. Sababi...

  • 3 mart, 2023, 15:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi PSJ futbolchisi Lionel Messining arab diyoriga kelishiga shubha qilmayapti. Jamoa rahbariyati argentinalik yulduzning kelishi uchun hamma narsaga tayyor.

Ma’lum bo‘lishicha, saudiyaliklar Messiga yillik 300 million evrodan iborat bo‘lgan shartnoma taklif qilmoqchi. Shuningdek, hujumchi PSJ bilan shartnomani uzaytirmasa, unga qo‘shimcha mukofot puli ham taklif qilinishi mumkin. 

Parijda bu borada yangi muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda. Tez orada Ronaldu-Messi qarama-qarshiligini Saudiya Arabistonida ko‘rib qolsak, ajab emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!