
"Al-Hilol" to‘xtamoqchi emas! Klub Osimxen uchun dahshatli taklif tayyorlamoqda
"Napoli" "Al-Hilol"ning Viktor Osimxenni sotib olish borasidagi ikkita taklifini rad etdi.
"L’Équipe" xabariga ko‘ra, Saudiya klubi hujumchi bo‘yicha muzokaralar olib borishga qaror qilgan. Osimxen bilan suhbatdan so‘ng Al-Hilol "Napoli"ga uning transferi bo‘yicha ikkita rasmiy taklif bilan chiqdi - 120 va 140 million evro.
"Napoli" ko‘proq narsani xohlagani uchun ikkala taklifni ham rad etdi. Katta ehtimol bilan “Al-Hilol” yana bir taklif bilan chiqadi.
Qayd etilishicha, saudiyaliklarning qat’iyatiga qaramay, “Napoli” hujumchi bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda.
Avvalroq, "Napoli" hujumchini 200 million evroga sotishga tayyor ekani xabar qilingandi.
Fikrlar