"Al-Ittifoq" Xenderson bilan osonlikcha xayrlashmoqchi emas

  • 10 yanvar, 2024, 15:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Al-Ittifoq" jamoasi yarim himoyachi Jordan Xenderson bilan qishki transfer vaqtida xayrlashmoqchi emas. Bu haqda TalkSport nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi jamoasini o‘zgartirmoqchi. Unga Saudiyaning iqlimi va milliy chempionatning saviyasi yoqmadi. U tezroq APLga qaytishni xohlamoqda. Ammo "Al-Ittifoq" uni osonlikchi qo‘yib yubormoqchi emas. Tez orada bosh murabbiy Stiven Jerrard va sport direktor Mark Allen yarim himoyachi bilan uchrashuv o‘tkazadi. 

Eslatib o‘tamiz, ingliz yozda 14 million evroga "Liverpul"dan saudiyaliklar tarkibiga qo‘shilgandi. Joriy mavsum 33 yoshli o‘yincha 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golga assistentlik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!