
"Al Ittihod" ustozi: Vaziyatlardan foydalana olganimizda, g‘alaba qozonishimiz mumkin edi
"Qiziqarli bahs o‘tdi. Uchrashuvda ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Ammo qo‘lga kiritilgan 1 ochkodan xursandmiz. Agarda vaziyatdan foydalana olganimizda g‘alaba qozonishimiz mumkin ham edi. Guruhdagi jamoalarning kuchi teng.
Keyingi bosqich borasida hozirdan nimadir deyish qiyin. Oldinda 2 o‘yin bor. Biz e’tiborimizni keyingi o‘yinga qaratamiz. Hujumda muammolarimiz yo‘q. Vaziyatlardan foydalana olmaslik ham yomon emas. Muhimi biz vaziyatlarni yarata olyapmiz", - deb Serraning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Lokomotiv" rasmiy sayti.
Fikrlar