"Al-Ittihod" yana bir yulduzni o‘z tarkibiga qo‘shib oladi

  • 10.06.2023 23:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol

Yaqindagina Benzema transferini amalga oshirgan va Kanteni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga urinayotgan "Al-Ittihod"ga yana bir transfer ustida ishlamoqda. 

"Vulverxempton" bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etganidan keyin erkin agentga aylangan Joau Motuino Saudiya Arabistoniga yo‘l olmoqda, deya xabar tarqatdi insayder Ekrem Konur. Uning maoshi yiliga 23 million evro bo‘ladi.

Moutino faoliyati davomida "Sporting", "Monako" va "Portu" kabi klublarda to‘p tepdi. Shuningdek, yarim himoyachi Portugaliya bilan Millatlar ligasi va "Evro-2016"da zafar quchgan.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sultanov
11/06/2023 19:27
Bunday transferlani qilaverishsa Oʻzbni komandalari saudiya jamoalarini adashib ham yutib qoʻyishmasa kerak