
"Al-Muharraq" - "Nasaf": Vakillarimiz imkoniyatni boy bermoqda LIVE
Assalomu alaykum, o‘zbek futboli ixlosmandlari! "Al-Muharraq" hamda "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi OFK Kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu o‘yin sizga qulaylik tug‘dirish maqsadida matnli translyatsiya ko‘rinishida e’tiboringizga havola etiladi.
"Al-Muharraq" - "Nasaf" 3:0
90+3. Uchrashuv yakunlandi. "Nasaf" finalni 0:3 hisobida boy berdi. Keyingi uchrashuvlarga qadar o‘zingizni ehtiyot qiling va asablaringizni asrang! U hali sizga uzoq vaqt davomida kerak bo‘ladi.
90+2. Ko‘pchilik bo‘lib oldinga o‘tgan vakillarimiz yakunda hech nimaga erisha olmay, ortga qaytdi.
90. O‘yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo‘shib berildi.
88. To‘p nazorati raqib tomonga o‘tib ketdi.
87. O‘yin maydon markazida kechmoqda.
85. "Ajdarlar"da deyarli motivatsiya qolmadi. Hujumlar umuman keskin tus olmay qo‘ydi.
83. Futbolchilarimiz hech bo‘lmasa 1ta gol urish uchun oldinga intilmoqda.
82. Al-Malud o‘rniga Abdulrahmon Ahmadi o‘yinga qo‘shildi.
80. GOL. "Al-Muharraq" hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Qarshi hujumga qochib ketgan Flavio to‘pni darvozabon ustidan oshirib, darvozaga aniq yo‘lladi. Afsus...
78. Stanoevichning zarbasidan so‘ng to‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi.
77. Volim Al-Hayyamga sariq kartochka ko‘rsatildi.
76. Jarima maydoni yaqinida Kaluderovichga nisbatan qoida buzildi.
75. Goldan keyin libosini echgani uchun Sabba ogohlantirildi.
74. GOL. "Al-Muharraq" ikkinchi golni urmoqda.
Vakillarimizning qo‘pol xatosidan so‘ng qulay vaziyatga chiqib borgan Sankus darvozabonni ojiz qoldirdi.
73. Berdiev ham o‘zgarishga qo‘l urmoqda: Suxrob Nurulloev o‘z o‘rnini Andriya Kaluderovichga bo‘shatib berdi.
72. Flavioning bu safargi zarbasi ham Ergashevga qiyinchilik tug‘dirdi. Ammo Umidjon to‘pni ushlab oldi.
71. 13-raqamda harakat qilgan Ahmad Soliq Sanad o‘rniga 2-raqam ostida Husan Jamol Sabba o‘yinga qo‘shildi.
70. Al-Hamdani shogirdlari ancha tartibli himoyalanmoqda.
69. Markoning burchakdan etkazib bergan to‘pini himoyachilar uzoqlashtirdi.
68. Jarima maydoni markaziga oshirilgan to‘p qaytarildi. Yana bir marta burchak zarbasiga egamiz.
66. Bahs asabiy ruhda davom etmoqda. Futbolchilar bir-biri bilan tortishi ketyapti.
64. Navbatdagi burchak to‘pidan foydalana olmadik. Afsus, vaqt o‘tib bormoqda.
63. 3 raqibini aldab jarima maydoniga yorib kirgan Oybekning uzatmasini raqiblar bartaraf etdi.
62. Nurulloevning jarima maydoniga oshirgan to‘piga Sherzod eta olmadi. Yana bir vaziyat qo‘ldan ketdi.
61. O‘yinda keskinlik oshmoqda. Dilshod Saitovning jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasi ustun yonginasidan o‘tib ketdi.
59. Al-Mardining zarbasidan keyin to‘pni Ergashev ushlab oldi.
57. Markoning bu safargi urinishi ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
56. QANDAY VAZIYaT?! Suxrob Nurulloevning kuchli zarbasidan so‘ng to‘p to‘sinni titratdi. Bahromning takroriy urinishini darvozabon qaytardi.
55. Bozorov bugun umuman o‘ziga o‘xshamayapti. Uning ijrosidagi texnik harakatlar muvaffaqiyatsiz yakunlanmoqda.
53. Yolg‘izlanib qolgan Nurulloev to‘pni yo‘qotdi. Berdiev shogirdlari ko‘zida "olov" ko‘rinmayapti.
52. Olis masofadan yo‘llangan zarbani Ergashev ushlab oldi.
50. Vakillarimiz biroz sustroq harakat qilmoqda.
49. Bozorovning zarbasidan so‘ng to‘p tezligi rekoshet natijasida pasaydi va darvozabon uni osonlikcha ushlab oldi.
48. Jarima maydoni ichida Flavio zarba yo‘llashi mumkin edi. Himoyachilarimiz ishonchli harakat qildi.
47. Ikkinchi 45 daqiqalikni vakillarimiz faolroq boshladi.
46. Ikkinchi taymga start berildi!
46. Futbolchilar maydonga qaytdi. Biz ham qaytamiz va jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz! Olg‘a "ajdarlar!"
45+1. Tanaffus!
45. Birinchi taymdagi to‘xtalishlar o‘rnini qoplash maqsadida 1 daqiqa qo‘shib berildi.
44. Bo‘lim so‘ngida temp biroz tushdi. Bizga esa gol kerak!
43. G‘aybullaev jarima maydoniga oshirilgan to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi. Burchak zarbasiga egamiz.
42. Akmal Mozgovoyga tibbiy erdam kerakka o‘xshaydi.
41. Nurulloevning uzatmasidan keyin himoyadagilar to‘pni uzoqlashtirdi.
40. Dastlabki burchak to‘pi raqibda yuzaga keldi. Muhammad Benaddining zarbasiga aniqlik etishmadi.
38. Almaludga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik natijasida "bo‘rilar" standart vaziyatga ega bo‘ldi.
36. Raqibning chap qanotdan uyushtirgan kamsonli hujumlaridan navbatdagisi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
35. Almardi maydonga o‘tirib oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerak.
34. "Muharraq" standart vaziyatdan naf chiqara olmadi.
33. Katta tezlikda qarshi hujumga qochayotgan Flavioni G‘aybullaev qoida buzish evaziga to‘xtatdi. Hakam unga sariq kartochka ko‘rsatdi.
32. Saitovning qanotdan uzatgan to‘pidan so‘ng xavfli vaziyat yaratdik. Ammo to‘p Husainga qadar etib kelmadi.
31. Futbolchilarimiz vaziyatlarni yakunlashda biroz oqsamoqda.
30. Markoning uzoq masofadan tepgan to‘pi darvozabon qo‘llariga borib tushdi.
29. Mozgovoyning qanotdan bergan pasidan keiyn vaziyat muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
28. To‘liq ustunlik biz tomonga o‘tdi. Endi gol urib olsak bo‘lgani!
27. "Nasaf" bosimni oshirmoqda. Avval Abdurahimov, so‘ng Stanoevichning yaqin masofadan bergan zarbasi himoyachilar tomonidan qaytarildi.
25. Bir raqibini aldab o‘tgan Bozorov pasni o‘xshata olmadi.
24. Diagonal pasni Nasrullaev qabul qila olmadi. To‘p yana yo‘qotildi.
22. Berdiev shogirdlari umuman o‘ziga o‘xshamayapti. Na paslar, na texnik harakatlar muvaffaqiyatli chiqmayapti.
21. To‘pga Norchaevdan oldin darvozabon etib keldi. Himoyachilar Husainga halal bergandi.
20. Ayudurahimov voqealar rivojidan biroz ilgarilab ketdi. Hakam o‘yinni to‘xtatdi.
18. Jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Ergashev ushlab oldi.
17. Sherzod Nasrullaev jarima maydoni ichida yiqilib tushdi. Hakam o‘yinni davom ettirishga ruxsat berdi. Balki VARni ko‘rish kerakdir...
16. "Nasaf" futbolchilari o‘ziga o‘xshamayapti. Yigitlar uyg‘onishi lozim!
15. Sherzod Nasrullaevning qanotdan oshirgan to‘pini darvozabon ushlab oldi. "Ajdarlar"ning chap qanoti biroz faolroq.
14. Al-Hamdani shogirdlari to‘p nazoratini qo‘lga olishga harakat qilyapti.
13. G‘olib G‘aybullaev Flavioni ustalik bilan to‘xtatib qoldi.
12. Norchaev manziliga oshirilgan to‘p manzilga etib kelmadi.
11. Darvozamiz tomon yo‘llangan ikkinchi zarba ham aniq bo‘ldi. Umidjon to‘pni egallab oldi.
10. Umar Eshmurodov pozitsiya tanlashdagi yaxshi harakati tufayli to‘pni olib qo‘ydi. Biroq Ergashev to‘pni shunchaki tepib yubordi.
8. Vakillarimiz sekin-astalik bilan o‘yin nazoratini qo‘lga olishga harakat qilyapti. To‘p futbolchilarimizda bo‘lib turibdi.
7. Nasrullaev o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi. Biroq uning uzatmasidan keyin Norchaev "chayon" uslubida yo‘llagan zarbasi bilan vaziyatni yakunlab qo‘ydi. Noaniq.
7. Saitovning qanotdan etkazib bergan to‘pni Volid tomonidan qaytarildi.
6. To‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yuborgan Bozorov uni yo‘qotishiga bir bahya qoldi. Yaxshiyamki, himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
5. Raqib jarima maydoni ichida Husain Norchaev yiqilib tushdi. To‘pni yo‘qotdik.
4. Goldan "ishtahasi ochilgan" bahraynliklar bosim uyushtirishda davom etmoqda.
3. GOL. "Al-Muharraq" hisobni ochdi!
Mahmud Al-Mardining jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasi darvozaning to‘qqizligidan joy oldi.
2. Biznikilar ham birinchi marta oldinga o‘tdi. Nasrullaev jarima maydoni ichida to‘pni yo‘qotdi.
2. Raqib futbolchilari nisbatan faolroq start amalga oshirdi. Bu "Nasaf"ning raqiblarida avval kuzatilmagan edi.
1. Uchrashuvga start berildi!
0. Sardorlar o‘yinni kim boshlashiga oydinlik kiritib oldi.
0. Futbolchilar maydonga tushib keldi. O‘yin bir necha daqiqalar ichida start oladi!
Fikrlar