“Al-Nassr” Ronaldudan tashqari yana bir yulduzni sotib olmoqchi

  • 12 dekabr, 2022, 14:53
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” futbolchisi Roberto Firminoga “Al-Nassr” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Mirror” nashri xabar bermoqda.

Tecno

Uning klub bilan amaldagi shartnomasini 2023 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Garchi, mersisayd jamoasi yangi shartnoma borasida muzokoralar o‘tkazmoqchi bo‘lsada, futbolchi “Liverpul”da zaxira o‘yinchisi bo‘lib qolgani, uni ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. ”Al-Nassr” buni yaxshi biladi va transferga harakat qilib ko‘rmoqchi.

Roberto Yurgen Kloppning sevimli futbolchisi, lekin so‘ngi yillarda Diego Jota va Darvin Nunes kabi hujumchilar braziliyalikning maydondagi daqiqalarini kamayishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, Firmino oxirgi yillarda ko‘p jarohat oladigan bo‘lib qoldi. Ushbu sabablar uning darajasiga ham ta’sir qildi va “pentakampeonlar”ning mundialga boradigan tarkibidan tushib qoldi.

31 yoshli hujumchi ushbu mavsum barcha chempionatlarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 4 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!