
"Al-Sadd" - "Nasaf": O‘yinning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ldi?
Osiyo Chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan bahsda "Nasaf" Qatar chempioni "Al-Sadd" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
E’tiborlisi, har ikki gol Qatar klubi futbolchisi tomonidan kiritildi. Dastlab, Pedru Migel o‘z darvozasiga to‘p kiritib, qarshiliklarni oldinga olib chiqdi. 55-daqiqada Bualim Huhi muvozanatni tikladi. Ma’lum bo‘lishicha, Huhi OFK tomonidan o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Eslatib o‘tamiz, "ajdarlar" keyingi uchrashuvni 11 aprel sanasida "Al-Vehdat" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar