“Alash Pride FC 95” turnirida bir qator o‘zbekistonlik jangchilar oktagonga ko‘tariladi!
3 mart kuni Qozog‘istonning Almati shahri, “Almati Arena”da “Alash Pride FC 95” turniri tashkil etiladi. Mazkur jang kechasida bir qator o‘zbekistonlik jangchilar ham oktagonga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Jumladan, Navro‘z Otaqulov shogirdi Bahrom Ozodov (3-2) mezbonlar vakili Erxan Jumabaevga qarshi bahs yuritadi. Shuningdek, Sardor Babayanov (4-0) hamda Usmon Abduvahobovlar (1-0) ham o‘z janglarini o‘tkazadi. Hozircha ularning raqiblari ma’lum emas. Tez orada bunga ham oydinlik kiritiladi.
Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar