Aldjameyn Sterling keyingi rejalarini oshkor qildi

  • 17.12.2024 16:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

O‘ta engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aldjameyn Sterling rossiyalik Movsar Evloevdan engilgach, 2025 yilndagi rejalari haqida gapirib, navbatdagi jang uchun ehtimoliy sana va raqibni aytdi.

“Bahorda oktagonga qaytishni xohlayman. Mart oxiri yoki aprel oyining boshlarida Arnold Allen yoki Brayan Ortega bilan jang qilish ajoyib bo‘lardi. Evloevga yutqazganimdan keyin reytingda unchalik pasayib ketaman, deb o‘ylamayman va aslida o‘zimni hozir ham o‘sha bahsda g‘alaba qozongandek his qilyapman” - dedi Sterling.

Eslatib o‘tamiz, Aldjameyn "UFC  310" turnirida hakamlarning yakdil qaror bilan Movsarga mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!