Aleks Pereyra Irjini qo‘rqoqlikda, Proxazka esa uni sehr-jodu qilishda ayblamoqda !!!

  • 27 iyun, 2024, 13:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Aleks Pereyra: 

Tecno

Irji xotirjamlikni yo‘qotdi. Menimcha, u biroz qo‘rqoq. Men bu jangga juda ishonch bilan kiraman va oktagonni navbatdagi g‘alabam bilan tark etaman. Oxirgi to‘qnashuvimdan keyin ham men va jamoam mashg‘ulotlarni to‘xtatmadik. Men bu bahsga to‘liq tayyorman”.


Irji Proxazka Aleks Pereyrani sehr ishlatganlikda aybladi:

“Bu haqida hamma biladi, u janglardan oldin maxsus marosimlardan foydalanadi. Har bir inson uning atrofida nima sodir bo‘layotganini his qiladi. Busiz Aleks jang qila olmaydi. Bu uning uchun normal holat, Pereyra janglarda shu narsalarga tayanadi. Men uni bu safar toza kurashishga va bunday narsalarning yordamidan foydalanmaslikka chaqiraman”.

 Aleks Pereyra: 

"Har kimning o‘z ruhi bor. Biz shunchaki et va suyakdan iborat emasmiz. Men o‘zimnikini topganman. Agar u o‘zinikini topmagan bo‘lsa yoki ishonmasa, bu mening aybim emas".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!