
Aleks Pereyra Magomed Ankalaevga "otvet" qildi
Yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Aleks Pereyra rossiyalik jangchi Magomed Ankalaevning uni nokautga uchratishga va’da bergan baland ovozdagi gapiga javob qaytardi.
“Siz ko‘rdingizmi, qancha odamlar o‘zini reklama qilishga harakat qilmoqda. Meni kamsitishga urinmoqda, nokaut qilaman, tugataman demoqda... lekin men mashq qilyapman, rivojlanyapman...
Men endigina o‘sishni boshladim, farq mana shunda. Ilgari men faqat kikboksing usulida jang qilishim mumkin edi. Hozir men har tomonlama rivojlanyapman, shuning uchun har bir raqibimga men bilan jang qilish qiyin bo‘ladi”, - dedi Pereyra.
Eslatib o‘tamiz, 30 iyun kuni Las-Vegasda o‘tgan UFC 303 turniri doirasida Aleks Pereyra chexiyalik Irji Proxazkaga qarshi oktagonga ko‘tarilgan va ushbu revansh jangi ikkinchi raundning boshidayoq braziliyalikning g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Magomed Ankalaev esa professional faoliyati davomida 19 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyatv a 1ta jang durang qayd etgan. Yana bir jang haqiqiy emas deb topilgan.
Ayni damda braziliyalik va rossiyalik jangchilar o‘rtasidagi ehtimoliy jang muxlislar va mutaxassislar tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda.
Fikrlar