
Aleks Perreyra Magomed Ankalaev bilan nega jang o‘tkazmayapti?
Mashhur UFC sharhlovchisi Jo Rogan yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Aleks Perreyra (12-2) rossiyalik Magomed Ankalaev(19-1-1-1 N/C)ga qarshi nega jang qilmayotganini tushuntirdi.
“Aleks Ankalaev bilan jang qilishi kerak edi. Sababi Magomed 1-raqamli da’vogar. Biroq u Perreyraga yoqmaydigan juda ko‘p gaplarni gapirib yubordi. Shuning uchun Aleks atayin Ankalaevni kutishga majbur qilmoqda. Braziliyalik mart oyida jang qilishini va Mogomedga qarshi jang o‘tkazish niyatida emasligini aytdi. Rossiyalikning o‘zi esa Ramazon tufayli oktagonga ko‘tarila olmaydi” — deya Rogan so‘zlarini keltirdi "MMA Mania" portali.MMA
Eslatib o‘tamiz, Ankalaev oxirgi janggida Aleksandr Rakichni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi.
Fikrlar