Aleksandr Samedov: Rossiya xalqi o‘z terma jamoasi bilan faxrlanishini istaymiz
Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Samedov bugun bo‘lib o‘tadigan ochilish uchrashuvidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz yaxshi shug‘ullandik va yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Biz nimani xohlayotganimizni yaxshi bilamiz va shuning ortidan olg‘a harakat qilamiz.
Biz ularning Italiya va Germaniyaga qarshi o‘yinlarini ko‘rdik. Saudiya Arabistoni futboli ko‘proq texnikaga asoslangan. Ular to‘pni o‘zlarida ko‘proq saqlab turishni yoqtirishadi. Shuning uchun biz ushbu bahsda ularni to‘psiz qoldirishimiz kerak.
Barcha futbolchilar xalqimiz o‘z jamoasi bilan faxrlanishini istaydi va buning uchun borini berishga tayyor”, - deydi Samedov.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun Moskvadagi “Lujniki” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar