
Aleksandr Usik xohlayotgan raqiblar kim?
Super og‘ir vazn toifasida WBA, WBC, WBO va IBF chempioni Aleksandr Usik kim bilan jang o‘tkazmoqchiligini aytdi.
“Menga qiziq raqiblar qoldimi? Ehtimol, ha. Entoni Joshua bilan uchinchi, Tayson Fyuri bilan ikkinchi jangni o‘tkazishni istayman”, – dedi Usik Video NV kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Usik(22-0, 14 KO) va Fyuri(34-1-1, 24 KO) o‘rtasidagi ilk jang 19 may kuni Arabistonida bo‘lib o‘tgandi. To‘liq 12 raund davom etgan bahsda ukrainalikning qo‘li baland kelgandi.
Usik Joshua(28-3, 25 KO) bilan ikkita jang o‘tkazgan va ikki marta g‘alaba qozongan.
Fikrlar