
Aleksandr Usikning sevimli futbol klubi qaysi – "Real" yoki "Barsa" ?
Super og‘ir vaznda WBA, WBC, WBO va IBF chempioni Aleksandr Usik sevimli futbol klubi va futbolchilari haqida gapirdi.
“Yoshligimdan “Manchester Yunayted”ni muxlisi bo‘lganman. Sevimli futbolchilarim – Andrey Shevchenko, Zlatan Ibragimovich va Ronaldo (brazililyalik).
Ba’zan mashg‘ulotlarda futbol ham o‘ynab turaman, bu menga biroz dam olish va boksdan uzoqlashish imkoniyatini beradi", — deb Usik so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr(22-0, 14 KO)ning Tayson Fyuri(34-1-1, 24 KO) bilan revansh jangi 21 dekabrga belgilangan.
Fikrlar