Aleksandr Xomyakov: 45 daqiqagina yaxshi o‘ynab, yakunda g‘alabaga umid qilish noo‘rin
“Andijon” – “Metallurg” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o‘yin to‘g‘risida fikr bildirdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
- Bugungi debyut o‘yinda g‘alaba qozonishni juda ham istagan edik. Yigitlar ham shuni xohlashgani ko‘rinib turgandi. Lekin boshqa tarafini olib qaraydigan bo‘lsak, bugun bizda ko‘p jihatlar uncha o‘xshamadi. Agar xolis fikr bildiradigan bo‘lsam, biz bugun g‘alabaga mos o‘yin ko‘rsatmadik. Bugun hujumda ham ishlarimiz yurishmadi. Himoyadan hujumga o‘tib ketishda ham kamchiliklar kuzatildi. Ikkinchi bo‘limda esa asosan himoyalanishga majbur bo‘ldik. Shu sababdan ham qayd etilgan natija o‘yinga mos bo‘ldi, deya olaman. Zero, 45 daqiqagina yaxshi o‘ynab, yakunda g‘alabaga umid qilish noo‘rin, - dedi mutaxassis.



Fikrlar