Aleksandr Xomyakov: "Mag‘lubiyatga uchraganimizga o‘zimiz aybdormiz"

  • 08.04.2023 23:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca-Cola Superliga 5-turi doirasida o‘tkazilgan vodiy derbisida «Neftchi»ga imkoniyatni boy bergan «Andijon» klubi ustozi Aleksandr Xomyakov mag‘lubiyatga asosiy sabab nima bo‘lgani, raqibning kuchi, zaxira va derbi qanday bo‘lishi lozimligi haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Birinchi taymdayoq o‘z darvozamizdan ikkita tezkor gol o‘tkazib yuborganimiz uchrashuv taqdirini deyarli hal qilganini tan olaman. Bunday raqibga qarshi bellashuvda tezkor gollar o‘tkazib yuborish mag‘lubiyat degani. Biz uchrashuvdan avval himoyani ushlashga va birinchi taymda raqibga gol urish uchun imkon bermaslikka kelishib olgandik. Ammo tezkor gollar tufayli birinchi taymdayoq barcha masala hal etildi. Shundan so‘ng o‘yinga qayta olmadik. Raqib bekorga etakchilar qatorida bormayotganini isbotladi. Ular haqli g‘alabaga erishishdi», - dedi murabbiy.

«Barcha rejalarimiz birinchi taymdayoq barbod bo‘lgach, ikkinchi taym juda qiyin kechdi. O‘zgartirishlar biz kutgan natijani taqdim etmadi. Mag‘lubiyatga uchraganimizga o‘zimiz aybdormiz».

«Derbilar odatda bunday darajada bo‘lmaydi. Bugun faqat bir jamoa ustunlik qildi. Derbilar odatda shiddatli va jangovar tarzda kechadi. Bugun unday o‘yin bo‘lmadi. Biz raqibga deyarli qarshilik qilmadik. Ikkinchi taymdagi ustunlikdan ham foydalana olmadik. Jamoalar orasidagi tafovut katta. Ular jadvalda etakchilik qilmoqda. Biz esa, hozircha o‘z o‘yinimizni topishga harakat qilmoqdamiz».

«Zaxiradan tushganlar hozir jismonan tayyor emaslar. Agar tayyor bo‘lganlarida asosiy tarkibda maydonga tushirar edim. Ularda o‘yin amaliyoti deyarli bo‘lmadi, shuning uchun hozir ular zaxiradan tushirilmoqda. Kelgusi bahslarda bizga yordam berishadi deb umid qilaman. Xatolar ko‘p, ular ustida ishlaymiz. Hali ishlaydigan narsalarimiz etarlicha».

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
09/04/2023 03:56
Майли Хомяков ютказсак к,у'шниларга ютказдик кегинги у'йинда хам яна бир к,у'шнига ютказсак к,олган уйинларда галабага у'йнаймиз аммо лекин Навбахор таркиби Нефтчидан хам кучлик йирик хисода ютса керак