
Alirizo Jahonbaxsh faoliyatini Bundesligada davom ettiradi
Eron terma jamoasi sardori Alirizo Jahonbaxsh faoliyatini Avstriya Bundesligasida davom ettiradi.
"varzesh3"ning yozishicha, 32 yoshli futbolchi "Rapid" jamoasi a’zosiga aylanadi. "Rapid" Avstriyaning bosh klublaridan biri bo‘lib, 1985 va 1986 yillarda ikki marta Evropa kubogi finaliga chiqqan. Jamoani "Borussiya D" va "Kyoln"ning sobiq ustozi Ptter Shtyoger boshqaradi.
Eslatib o‘tamiz, Jahonbaxshning oxirgi jamoasi Niderlandiyaning "Xerenven" bo‘ldi.
Fikrlar