Alisher Azizov Ummonda ham to‘purarlik qobiliyatini ishga soldi

  • 8 fevral, 2018, 20:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Ummon Professional ligasida 14-tur o‘yinlariga start berildi. Hamyurtimiz Alisher Azizovning yangi jamoasi – “Al Salam” klubi safarda “Al Oruba”ga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

E’tiborlisi, chempionatning so‘nggi pog‘onasida borayotgan “Al Salam” ushbu o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz ushbu o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Azizov o‘zining debyut o‘yinida  gol kiritishga erishdi. U 19-daqiqada hisobni ochdi. O‘yin so‘nggida esa Alisher sherigiga golli uzatmani taqdim etdi va jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Ummon Professional ligasi. 14-tur

“Al Oruba” – Al Salam” 1:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!