
Alisher Nikimbaev: Futbolchilar hissiyotga berildi? Unda Abramov 12 kun mashg‘ulotlarda nima qildi?
Kecha Qatar futbolida faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Alisher Nikimbaev O‘zbekiston milliy terma jamoasining Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvi oldidan SPORTS.uz saytiga intervyu berib, vakillarimiz g‘alaba qozonishlarini aytib o‘tgandi. Ammo terma jamoamiz alamli mag‘lubiyatga uchradi.
Taxminlar o‘zini oqlamagach Nikimbaev telegramdagi sahifasida quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi.
- O‘zbekiston milliy terma jamoasining kechagi o‘yinidan avval bitta saytga (SPORTS.uz sayti nazarda tutilmoqda) intervyu bergan edim. Unda terma jamoamiz Saudiya Arabistonini mag‘lubiyatga uchratishini aytgandim. 80 daqiqa taxminlarim o‘zini oqladi. Biroq uchrashuv oxiriga kelib barchasi o‘zgarib ketdi.
Alisher Nikimbaev: Saudiya Arabistoni unchalik kuchli emas, O‘zbekiston bu o‘yinni yutishi kerak
O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Vadim Abramov futbolchilar hissiyotlarga berilishganini aytdi. Shu erda savol tug‘iladi: 12 kun davomida murabbiy mashg‘ulotlarda nima qildi? Agar futbolchilar aqliy va jismoniy jihatdan tayyor bo‘lmasa?
Shu o‘rinda aytishim mumkinki, ushbu bellashuvga tayyorgarlik ko‘rishi uchun Evre Renarda u qadar vaqt ko‘p emasdi. "Al Hilol" futbolchilari (8 tasi) OChL finalidan so‘ng mashg‘ulotlarga kelishdi. Ammo bu ularga uchrashuvning asosiy qahramonlari bo‘lishga to‘sqinlik qilmadi (O‘zbekiston terma jamoasi darvozasiga kiritilgan barcha gollar “Al Hilol” futbolchilari tomonidan urildi), - deya izoh qoldirdi Alisher Nikimbaev.
Fikrlar
Sunggigacha imkon berish kerak.
Hudo hohlasa abramov bilan chiqadi chempionatga