
Alize Kornening jarohati qo‘zg‘ab qoldi
Frantsiyalik tennischi Alize Korne Charlstonda o‘tayotgan "Volvo Car Open" musobaqasida ishtirok etmasligini e’lon qildi.
"Afsuski, kurashdan chiqishga majburman. Bu men uchun juda muhim musobaqa edi. Biroq mushaklarimdagi jarohat tufayli turnirda o‘ynay olmayman. Tez orada kortga qaytishga harakat qilaman", - deydi Korne.
Endi mazkur musobaqada Alize o‘rniga shveytsariyalik Konni Perrin ishtirok etadi.
Fikrlar