Alkaras Olimpiada medalini "Uimbldon" chempionligidan ustun qo‘ydi

  • 12 iyun, 2024, 16:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Ispaniyalik mashhur tennischi Karlos Alkaras Olimpiada o‘yinlaridagi oltin medalni "Uimbldon"dagi chempionlik unvonidan ustun qo‘ydi.

Tecno

"Katta Dubulg‘a" turnirining uch karra chempioni, dunyoning hozirgi kundagi ikkinchi raketkasi, 21 yoshli Karlos Alkaras 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida qo‘lga kiritiladigan oltin medalni "Uimbldon"dagi chempionlikdan ustuvor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

"Bu murakkab savol. Olimpiada o‘yinlari 4 yilda bir marta o‘tkaziladi. Bu esa o‘ziga xos turnir. Sababi, unda siz o‘zingiz uchun emas, balki mamlakatingiz uchun harakat qilasiz. Shuning uchun, men o‘z vatanim sharafini himoya qilishni tanlayman. O‘ylaymanki, men oltin medalni qo‘lga kiritaman", - deya Alkarasning so‘zlarini keltiradi "As"  nashri.

Avvalroq, Karlos faoliyatida birinchi marta Frantsiya Ochiq chempionatida g‘olib chiqqandi. Finalda u 2020 yilgi Olimpiada chempioni, dunyoning to‘rtinchi raketkasi germaniyalik Aleksandr Zverevni 6:3, 2:6, 5:7, 6:1 va 6:2 hisobida mag‘lub etdi. 

"Uimbldon" 2024 turniri 1-14 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan bo‘lsa, "Parij-2024" Olimpiada o‘yinlaridagi tennis bahslari esa 27 iyuldan 4 avgustgacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!