Allegri "Chelsi"da ishlamoqchi, ammo rahbariyat italiyalik murabbiylar bilan hamkorlik qilishni xohlamayapti

  • 04.06.2019 16:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi “Yuventus”ga o‘tishi kutilayotgan bosh murabbiyi Mauritsio Sarri o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bu borada “aristoratlar” short-listidan  Frenk Lempard («Derbi»), Xavi Grasiya («Uotford»), Nunu Eshpiritu Santu («Vulverxempton») va Angliya terma jamoasi bosh murabbiy assistenti Stiv Xollandlar joy olishgan.

Ma’lumotlarga qaraganda yaqindagina “Yuventus”dan iste’foga chiqarilgan Massimiliano Allegri “Chelsi”ni boshqarish istagida, u o‘z kuchini APLda sinab ko‘rmoqchi. Biroq, londonliklar rahbariyati Antonio Konte va Mauritsio Sarri kabi mutaxassislar bilan bog‘liq muammolarga duch kelgani sabab qatorasiga 3-italiyalik murabbiyni tayinlashni xohlashmayapti.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” yakunlangan mavsum APLda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Evropa ligasida g‘olib bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!