Allegri: Meni bo‘shatib yuborishmasa, “Yuventus”da qolaman

  • 14 may, 2018, 11:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Yuventus” jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri “Roma”ga qarshi (0:0) kechgan Italiya chempionati 37-tur o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Aynan mana shu uchrashuvdan keyin “Yuventus” qatorasiga 7-marta mamlakat chempionligini rasmiylashtirdi.

“Men baxtliman. Klub tarixidagi yana bir qismni yakunladik. Mavsum juda qiyin o‘tdi. “Napoli”ga minnatdorchilik bildirmoqchiman, chunki ular oxirigacha bizga bosim o‘tkazdi. Raqibdan ustunligimiz shundaki, biz har qanday vaziyatda xotirjam edik.

Agar klub rahbariyati meni ishdan bo‘shatib yubormasa, kelasi mavsumda ham “Yuventus”da qolaman. Muvaffaqiyatni nishonlashni tugatib, barchasini yana o‘ylab ko‘rish kerak. Kelasi mavsumdan hammasi boshdan boshlanadi va biz raqobatbardosh ekanimizni isbotlashimiz lozim”, – dedi Allegri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!