
Allegri Saudiya klubiga bosh murabbiy bo‘ladi
Massimiliano Allegri ham Saudiya tomon yo‘l olmoqda. U "Al-Ahli"ning yangi bosh murabbiy bo‘lishi kutilmoqda.
Fabritsio Romanoga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Murabbiy kelasi mavsum boshidan klubda ish boshlaydi. Ayni paytda jamoani boshqarayotgan Mattias Yayssle iste’foga chiqadi.
"Al-Ahli" hozirda Saudiya chempionati turnir jadvalida 5-o‘rinda turibdi. Jamoa chempionlik uchun kurashmoqchi, lekin germaniyalik mutaxassis buni eplay olmadi.
Faoliyatining so‘nggi o‘n yilida ikki marta "Yuventus"ga tayinlangan Allegri birinchi marta Italiyadan boshqa davlatda ishlashiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar