Allegri terma jamoani boshqarishni istamayapti

  • 6 sentabr, 2020, 21:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallashi mumkin.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, italiyalik mutaxassisga “Barselona”ga o‘tib ketgan Ronald Kumanning o‘rnini egallash taklif qilingan. Biroq Allegri bu taklifni qabul qilishga shoshilmayapti. U klublardan takliflar bo‘lishini kutmoqda.

Bundan avvalroq, Allegri “Inter” bosh murabbiyi Antonio Kontening o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod sifatida e’tirof etilayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!