
Allegri "Yuve"ga qaytmaydi, u APL klubi bilan muzokara o‘tkazmoqda
"Yuventus" sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Sportmediaset ma’lumotiga ko‘ra, italiyalik mutahassis katta extimol bilan yangi mavsumni "Manchester Yunayted" ustozi sifatida ish boshlaydi.
52 yoshli mutahassis uchun, shuningdek, "Pari Sen-Jermen ham da’vogarlik qilmoqda. Ammo parijliklar klub bosh murabbiyligi masalasini klubning Chempionlar ligasidagi ishtirokiga qarab ko‘rib chiqmoqchi.
Oldinroq, Allegri MYu "Yuventus"ga qaytmasligi va APL top klublarining biri bilan muzokara o‘tkazayotgani ma’lum qilingan edi. Ta’kidlanishicha, MYu bosh murabbiyligi uchun da’vogarlar ro‘yxatida Tomas Texel ham bor.
Joriy mavsumda APL ortda qolgan davr mobaynida 35 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar