Allegri "Yuventus"dan ketadimi?

“Yuventus” Massimiliano Allegri  bilan shartnomani uzaytirmaydi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Allegri Turin klubi rahbariyati bilan muzokara olib borgan. Muzokara ijobiy ruhda o‘tdi va u kelgusi mavsum ham jamoada qolishi aniq bo‘ldi.

Biroq Allegri  2021 yilga qadar “keksa sinora” bilan shartnoma imzolashi borasidagi xabarlarga nuqta qo‘yildi.

Uning  hozirgi shartnomasi 2020 yilning yozida nihoyasiga etadi va o‘sha mavsum so‘nggidagina yangi shartnoma masalasi hal bo‘ladi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!