Aller umumguruh mashg‘ulotlariga qaytdi

  • 3 yanvar, 2023, 11:50
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Sebastyan Aller jamoa bilan birgalikda mashg‘ulotlarga qaytganini ma’lum qildi.

"Hammani yangi yil bilan tabriklayman! Bu yil men uchun juda yaxshi boshlanadi, chunki men maydonga qaytdim! 2022 yil oson bo‘lmadi, hamma yangi qiyinchiliklarga tayyorlandim. Barchangizni yana ko‘rishni intiqlik bilan kutaman", — deb yozdi Aller ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning yozida Aller "Ayaks"dan 35 million evro evaziga Dortmundning "Borussiya"siga o‘tgan edi. Iyul oyida futbolchiga tana a’zosining saratoni tashxisi qo‘yilgandi va shundan so‘ng operatsiya qilingan. 28 yoshli futbolchi kimyoterapiya kursidan o‘tdi va ikki marta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!