Alonso “Liverpool” uchun uchta futbolchi tanlab qo‘ydi

  • 17.03.2026 20:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yozda "Liverpul"ni Xabi Alonso boshqarishi mumkinligi aytilmoqda. Hozirda ispaniyalik mutaxassis klubda ro‘yxatdan o‘tmagan, u yanvar oyida "Real"dan iste’foga chiqarilgan edi.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, Alonso allaqachon "Enfild"da ishlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mutaxassis muammoli pozitsiyalarni aniqladi va jamoada ko‘rishni istagan uchta yangi o‘yinchini tanladi.

Manbaga ko‘ra, Alonso "Liverpul"ga himoyachi Alessandro Bastoni ("Inter"), yarim himoyachi Adam Uorton ("Kristal Pэlas") va hujumchi Bredli Barkola (PSJ) olib kelinishini istamoqda.

Transfermarkt portali 23 yoshli Barkolani 70 million yevroga, 26 yoshli Bastoni 80 million yevroga, 22 yoshli Uortonni 60 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!