Alonso “Real” yulduzining klubdagi kelajagiga nuqta qo‘ydi
O‘tgan yozda “Real” bosh murabbiyiga aylangan Xabi Alonso jamoa tarkibini o‘zining o‘yin uslubi va talablariga moslashtirib borishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Bu jarayonda ispaniyalik mutaxassis yoshi katta o‘yinchilardan voz kechib, jamoada avlodlar almashinuvini boshlab yuborgan.
Bild nashrining yozishicha, Alonso “Real”ning himoya qo‘rg‘oniga etakchilik qilib kelgan Antonio Ryudigerdan voz kechishga qaror qildi. Germaniyalik futbolchining klub bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
Manbaga ko‘ra, bosh murabbiy 32 yoshli futbolchining barqaror o‘yin ko‘rsata olmayotgani va jarohatlarga moyil bo‘lib qolganiga e’tiroz qilyapti. Alonso himoya markazida Eder Militao va Din Xyoysen tandemiga ishonch bildiryapti.
Antonio Ryudiger kabi katta maosh uchun o‘ynaydigan futbolchini jamoa zaxirasida olib o‘tirish klubning iqtisodiy manfaatlariga to‘g‘ri kelmasligi aytilmoqda.



Fikrlar