Alvarez "Atletiko"da qolishi mumkin

  • 09.06.2026 13:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentinalik hujumchi Julian Alvares kelasi mavsumda ham "Atletiko" tarkibida qolishi ehtimolga yaqin.

"Cadena SER" ma'lumotiga ko‘ra, futbolchiga "Arsenal" va PSJdan qiziqish bo‘lsa-da, u ushbu variantlarni ko‘rib chiqmayapti. Alvares faqat "Barselona"ga o‘tish imkoniyatini inobatga olmoqda, ammo transferni talab qilish niyati yo‘q.

Shu bilan birga, "matraschilar" kataloniyaliklar bilan muzokara olib borishni istamaydi, chunki so‘nggi transfer mish-mishlari klub rahbariyatini norozi qilgan.

Shu sababli hujumchining "Atletiko"da qolishi ham istisno qilinmayapti.

26 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda ishtirok etib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!