"Атлетико" Alvares bo‘yicha "Barselona"ga katta ultimatum qo‘ydi

  • 24.08.2026 18:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Atletiko» jamoasi «Barselona»ga hujumchi Xulian Alvares transferi bo‘yicha qattiq va qat’iy talab qo‘ydi. 

Tomonlar argentinalik futbolchining transferi yuzasidan muzokaralarni qayta tiklash arafasida turibdi.

Ishonchli manbalarga ko‘ra, jumladan insayder Mario Kortegana ma’lumotiga binoan, «Atletiko» Alvares bo‘yicha muzokaralarga yana qaytishga tayyor. Biroq klub buni faqat bitta shart bilan amalga oshirishini ma’lum qilgan: transfer narxi 150 million evrodan kam bo‘lmasligi kerak.

Madrid klubi o‘z pozitsiyasini aniq bayon etgan: 150 million evro — Alvaresni shu yozda qo‘yib yuborish uchun yagona qabul qilinadigan variant sifatida ko‘rilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!