
Alvares Maxachev - Tsarukyan jangi uchun kutilmagan taxmin bildirdi
Engil vazn toifasi sobiq UFC chempioni Eddi Alvares amaldagi kamar sohibi Islom Maxachev(26-1) va Arman Tsarukyan(22-3) o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Maxachev Xabibga qaraganda boshqacha jang qiladi. Islom raqiblarini nokaut qilish uchun ko‘proq tavakkalga qo‘l uradi va bu uni yanada zaiflashtiradi. Menimcha, Arman uni mag‘lub etadi. Maxachevning Pore bilan jangidan keyin shunday xulosaga keldim", - deydi Alvares BJ Penn nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Islam Maxachev va Arman Tsarukyan 2019 yilda to‘qnash kelgan va unda Islam ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi.
Islam oxirgi jangini o‘tgan haqta oxirida o‘tkazdi va unda Dastin Poreni beshinchi raundda bo‘g‘ish uslubi orqali mag‘lub etgandi.
Tsarukyan esa so‘nggi jangida sobiq chempion Charlz Oliveyraday ochkolar g‘isobiga ko‘ra ustun kelgandi.
Fikrlar