
Alvares: "O‘sha jangda aslida, Habib mag‘lub bo‘lgandi"
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Eddi Alvares(30-8-2 N/C) Habib Nurmagomedov(29-0) braziliyalik Gleyson Tibauga(38-19) qarshi jangida shubhali tarzda g‘olib deb topilgani haqida o‘z fikrini bildirdi.
"Gleyson Tibau Habibni uch-to‘rt marta nokdaunga uchratgan va haqiqatda o‘sha jangda g‘alaba qozongandi. Ammo hakamlar Nurmagomedovni g‘olib deya topishgan.O‘shanda Tibau Habibdan kuchliroq edi", - deya Alvaresdan iqtibos keltiradi Sportskeeda.
Eslatib o‘tamiz, 2012 yilning iyul oyida Nurmagomedov hakamlarning yakdil qarori bilan Gleyson Tibau ustidan g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar