Alvarez yangi agent sifatida mashhur futbolchini tanladi
Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchisi Xulian Al’vares o‘zining yangi vakilini tanladi. Ilgari xabar qilinganidek, argentinalik futbolchi shu paytgacha uning manfaatlarini himoya qilib kelgan Fernando Idalgo bilan hamkorlikni to‘xtatgan edi. Jurnalist Pedro Fulyana ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining yangi agenti sifatida «PSJ», «Roma» va Argentina terma jamoasining sobiq yulduzi Xavyer Pastore ish boshladi.
Ma’lumot uchun, hozir 37 yoshda bo‘lgan Pastore boshqa bir taniqli vatandoshi – Enco Fernandez manfaatlarini ham himoya qiladi. Enco Fernandez sentabr oyi boshida «Chelsi»dan «Manchester Siti»ga 145 million yevro evaziga o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Xulian Al’vares «Barselona»ga o‘tish istagini bildirgan, ammo «Atletiko» kataloniyalik klub bilan muzokaralarga kirishishdan bosh tortgan. Matbuotda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, «sine-granatlar» hujumchi uchun taxminan 100 million yevro taklif qilgan. Shu bilan birga, Al’vares nomi Londonning «Arsenal» klubi bilan ham bog‘lanmoqda.

Fikrlar